Xorazm viloyatida sug‘orish tarmoqlarini betonlash ishlari jadal davom etmoqda


Sug‘orish tarmoqlarini betonlash agrar sektor samaradorligini oshirish, suv resurslarini tejash hamda kanallarning uzoq muddatli foydalanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.📌 Shu maqsadda Xorazm viloyatida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi doirasida kanallar va sug‘orish tarmoqlarini betonlash hamda rekonstruksiya qilish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
🔹 Xonqa tumani
Umumiy uzunligi 13,1 km bo‘lgan “Madir yop–1” kanalida betonlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar 9 km qismida ishlar yakunlandi. Kanal 2 750 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlaydi.
🔹 Bog‘ot tumani
1552 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlovchi “Qal’ajiq” kanalida betonlash ishlari davom etmoqda. Uzunligi 7,8 km bo‘lgan mazkur kanalning 4,9 km qismida betonlash ishlari amalga oshirildi.
💧 Mazkur tadbirlar natijasida suvni samarali va talafotsiz taqsimlash, suv yo‘qotishlarini kamaytirish hamda mustahkam va barqaror infratuzilmani shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
📈 Betonlash ishlari qishloq xo‘jaligi yerlarining barqaror suv ta’minotini ta’minlash bilan birga, foydalanish xarajatlarini qisqartirish va kanallarning xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.

