Xorazm viloyatida sug‘orish tarmoqlarini betonlash ishlari jadal davom etmoqda

Xorazm viloyatida sug‘orish tarmoqlarini betonlash ishlari jadal davom etmoqda

Sug‘orish tarmoqlarini betonlash agrar sektor samaradorligini oshirish, suv resurslarini tejash hamda kanallarning uzoq muddatli foydalanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Shu maqsadda Xorazm viloyatida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi doirasida kanallar va sug‘orish tarmoqlarini betonlash hamda rekonstruksiya qilish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
🔹 Xonqa tumani
Umumiy uzunligi 13,1 km bo‘lgan “Madir yop–1” kanalida betonlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar 9 km qismida ishlar yakunlandi. Kanal 2 750 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlaydi.
🔹 Bog‘ot tumani
1552 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlovchi “Qal’ajiq” kanalida betonlash ishlari davom etmoqda. Uzunligi 7,8 km bo‘lgan mazkur kanalning 4,9 km qismida betonlash ishlari amalga oshirildi.
💧 Mazkur tadbirlar natijasida suvni samarali va talafotsiz taqsimlash, suv yo‘qotishlarini kamaytirish hamda mustahkam va barqaror infratuzilmani shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
📈 Betonlash ishlari qishloq xo‘jaligi yerlarining barqaror suv ta’minotini ta’minlash bilan birga, foydalanish xarajatlarini qisqartirish va kanallarning xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.

Сегодня, 15:27
Sahifaga qaytish