Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi haqida

Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman ijroiya komiteti raisi A.Davletklichevning 11.09.1972 yildagi 264-sonli qarori hamda shu qarorni tasdiqlash haqidagi Qaraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti raisi Ye.Aytmuratovning 25.09.1972 yildagi 633-r-sonli farmoyishiga asosan 20429 gektar, 

Xalq deputatlari Chordjau tuman ijroiya komiteti raisi G.Annaevning 07.08.1979 yildagi 12252-sonli qarori hamda shu qarorni tasdiqlash haqidagi Turkmaniston SSR Ministrlar Soveti raisi Ch.Karrievning 07.09.1979 yildagi 375-sonli qarori bilan 37314 gektar, 

Xalq deputatlari Romiton tuman ijroiya komiteti raisi N.Tashevning 10.01.1973 yildagi 1 i 13-sonli qarori bilan 4764 gektar, 

O‘rmon xo‘jaligi Davlat ko‘mitasining yerlaridan 3822 gektar,

 jami 66329 gektar ajratib berilgan yer maydonida tashkil etilgan. 

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi hududidan suvni muhofaza qilish hududiga 17289 gektar yer maydon biriktirib berilgan. 

Hozirda hammasi bo‘lib boshqarmaga ajratilgan yerlar 83618 gektarni tashkil qiladi. 

 

 

 

Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasiga qarashli O‘zan, Kaparas, Sultonsanjar, Qo‘shabuloq suv omborlari mavjud bo‘lib, ularning umumiy suv sig‘imi  hajmi loyiha bo‘yicha 7800 mln. m3 teng. 

Shundan:

O‘zan suv ombori suv sig‘imi  2340 mln. m3;  

Qo‘shabuloq suv ombori suv sig‘imi  1810mln. m3; 

Sultonsanjar suv ombori suv sig‘imi  2690 mln. m3;  

Kaparas suv ombori suv sig‘imi  960 mln. m3 tengdir. 

 Ushbu suv omborlari va inshootlar 1979-1983 yillarda foydalanishga topshirilgan va shu vaqtdan beri foydalanib kelinmoqda.  

Boshqarmaga qarashli №3, №4, №5, №6, №7, №8, №9, №10 va Sultonsanjar dambalari hamda 20 dan ortiq yirik gidrotexnik inshootlar Turkmaniston davlati hududida joylashgan.  


16-03-2026, 09:37
Ko'rishlar: 32
Sahifani chop etish