-Amudaryo suv oqimini mavsuvmiy boshqarish, kafolatli suv bilan ta’minlash;
-Tuyamuyin gidrouzelining pastki be’fidagi suvdan foydalanuvchi sug‘orish tizmlarini kafolatlangan suv bilan ta’minlash;
-boshqarma bo‘yicha suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish hamda suvdan foydalanish qonun-qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
-boshqarma tarkibidagi suv xo‘jaligi inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash, ularning xavfsizligini ta’minlashning barcha choralarini ko‘rish;
-olingan va yetkazib berilgan suv resurslarini aniq hisobi va hisobotini yuritish;
-suv resurslarini iqtisod qiluvchi texnologiyalarni qo‘llash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va ajratilgan mablag‘lardan, moddiy-texnik resurslardan, texnik jihozlardan maqsadli foylanishdan iboratdir.
Qoraqopog‘iston Respublikasining 530 ming gektarga, Xorazm viloyatining 240 ming gektarga, Turkmaniston Davlati Doshxovuz viloyatining 400 ming gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orishni ta’minlaydi.
Qolevarsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 18 apreldagi №152-27-sonli (maxfiy) qaroriga asosan Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasiga qarashli barcha ob’ektlar suv omborlari “o‘ta muhim toyfalangan ob’ektlar” ro‘yxatiga kiritilganligini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 27 sentabrdagi №500-sonli (maxfiy) qaroriga asosan suv omborlari 1-darajali o‘ta muxim gidrotexnik inshootlar ruyxatiga kiritilgan.