O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik maʼlumotlardan foydalanishni kengaytirish va qishloq xoʻjaligi quyi boʻgʻinida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-177-son Farmoniga muvofiq Suv xo‘jaligi vazirligi tizimi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish belgilangan.Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 22-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 9-son buyrug‘i hamda Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktorining 2026-yil 26-yanvardagi 6-son buyrug‘iga muvofiq Agentlik tasarrufidagi tizim tashkilotlari boshqaruv xodimlarini nazariy bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi (Nizom), attestatsiya komissiyasi tarkibi hamda attestatsiya o‘tkazish muddatlari tasdiqlangan.
Shunga ko‘ra, 2026-yil 2-martdan 25-martga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan attestatsiya jarayonlarida qo‘llaniladigan namunaviy savollar ro‘yxati belgilangan tartibda e’lon qilinayotgani ma’lum qilinadi.
Agentlik tasarrufidagi tizim tashkilotlari boshqaruv xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan NAMUNAVIY SAVOLNOMA ilova qilinmoqda.
Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tizimidagi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida qoʻllaniladigan savollar ro‘yxati 1-ilovada:
Yuklab olish